Ilmiy xodimlar uchun master-klass oʻtkazildi!
Yangiliklar

Ilmiy xodimlar uchun master-klass oʻtkazildi!

1 daqiqa oʻqish 396 marta koʻrilgan

Ilmiy xodimlar uchun master-klass oʻtkazildi!

⚡️Institutda ilmiy xodimlar uchun tashkil etilgan navbatdagi maʼrifat soati Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika boʻlimi mudiri, biologiya fanlari doktori (DSc) Baxodirov Zafar Abduvalyevich tomonidan “Sunʼiy intellektdan ish faoliyatida samarali va toʻgʻri foydalanish” mavzusida boʻlib oʻtdi.

✅Tadbir davomida:
💘 sunʼiy intellekt vositalaridan ilmiy izlanishlarda foydalanish usullari,
💘 maʼlumotlarni tahlil qilish va qayta ishlashda AI imkoniyatlari,
💘 akademik halollik va axloqiy qoidalar va tamoyillarga rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
✅Ayniqsa, tuproqshunoslik sohasida sunʼiy intellektning oʻrni alohida taʼkidlandi:
💘tuproq tarkibi va sifatini modellashtirish,
💘agroximik koʻrsatkichlarni prognoz qilish,
💘yer resurslarini samarali boshqarishda raqamli yechimlardan foydalanish kabi yoʻnalishlar keng va batafsil qayd etildi.

🔴Ishtirokchilar amaliy misollar orqali zamonaviy AI vositalaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlashdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🔊Mazkur tadbir kelgusida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

#tuproqshunoslik #sunʼiyintellekt #ilm #innovatsiya

Manba: Telegram kanali