✅Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda bir guruh olimlar tashabbusi bilan “Amir Temur davrida qishloq xoʻjaligi” nomli kitob chop etildi.
ℹ️Asarda Amir Temur davrida qishloq xoʻjaligining rivojlanish tamoyillari, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, dehqonchilik madaniyatining yuksak darajada shakllangani ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ajdodlarimiz qoʻllagan agrotexnik usullarning bugungi kunda ham dolzarbligi tahlil etilgan.
🇺🇿Ayniqsa, sugʻorish tizimlari, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda ekinlarni almashlab ekish tizimi oʻsha davrdayoq puxta yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlanadi.
💻Kitobda tarixiy tajribani zamonaviy qishloq xoʻjaligi islohotlari bilan uygʻunlashtirish, innovatsion texnologiyalar va raqamli yechimlar bilan bir qatorda milliy dehqonchilik anʼanalarini tiklash va rivojlantirish muhim ekani qayd etiladi.
🔗Kitobning elektron shakli bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI