🔴Tuproqshunoslik institutida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni institut direktori Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
🔊Unda boʻlim boshliqlari hamda masʼul xodimlar ishtirok etdilar. Yigʻilish avvalida Kun.uz sayti tomonidan tayyorlanishi rejalashtirilayotgan tuproq haqidagi film yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Filmni tayyorlash jarayoni, tuproq maʼlumotlarini yetarliligi, tasvirga olish bosqichlari haqida axborot berildi.
🔴Shuningdek, yigʻilishda tuproq laboratoriya ishlari natijalari yuzasidan ham alohida masala koʻtarildi. Binoning ikkinchi qismini qayta rekonstruksiyadan chiqarish ishlariga toʻxtalib oʻtilib, bu boradagi kamchilik va vazifalar belgilab olindi.
🔴Kutubxona va arxiv faoliyati keskin tanqid qilinib, ularni tartibga solish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tuproq maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda gumus miqdorini oshirishga qaratilgan normativ xujjat va dastur ijrosi ham muhokama qilindi.
🔴Yigʻilishda elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, xususan, quyosh panellarini oʻrnatish ishlarini jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi. Institutda kitobxonlikni va sportni rivojlantirish, xodimlar va yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutubxona burchagi, stadion, stol tennisi hamda voleybol maydonchalarini tayyorlash va yaqin kunlarda foydalanishga topshirish vazifalari ham belgilab berildi.
🔴Yigʻilish davomida xodimlarning ommaviy axborot vositalarida, xususan milliy ilmiy jurnallar hamda nufuzli xorijiy jurnallarda maqolalar nashr etish faolligi ancha sust ekanligi alohida taʼkidlandi. Bu borada ilmiy salohiyatdan toʻliq foydalanilmayotgani qayd etilib, tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqaro ilmiy maydonda institut nufuzini oshirish maqsadida maqolalar soni va sifatini oshirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔊Shuningdek, yigʻilish yakunida institutga tegishli boʻlgan yer maydonlarini boʻlimlar kesimida samarali foydalanish uchun taqsimlash masalasi ham koʻrib chiqildi va ijobiy hal etildi.
Manba: Telegram kanali







