Oʻzbekiston–Niderlandiya simpoziumi: hamkorlik yangi bosqichda
Yangiliklar

Oʻzbekiston–Niderlandiya simpoziumi: hamkorlik yangi bosqichda

2 daqiqa oʻqish 138 marta koʻrilgan

🇺🇿 🇳🇱 Oʻzbekiston–Niderlandiya qishloq xoʻjaligi hamkorligiga bagʻishlangan simpozium doirasida delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

📄 Imzolangan hujjatlar orasida eng muhimlaridan biri — Oʻzbekiston–Niderlandiya qishloq xoʻjaligi simpoziumi protokoli boʻlib, u kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab, tizimli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Dutch Greenhouse Delta hamda Export Partner oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandum agrar sohada savdoni rivojlantirish, zamonaviy agrotaʼlim tizimini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro stajirovkalarni tashkil etishni nazarda tutadi.

✅Urugʻchilik yoʻnalishida Naktuinbouw va Urugʻchilik markazi oʻrtasidagi memorandum sifat nazoratini kuchaytirish, zamonaviy seleksiya yondashuvlarini joriy etish hamda tizimni takomillashtirishga xizmat qiladi.

🔵 Ilm-fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik doirasida Toshkent davlat agrar universiteti, Dutch Greenhouse Delta va Export Partner oʻrtasida imzolangan hujjat yosh mutaxassislar tayyorlash, amaliy koʻnikmalarni oshirish va innovatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📰 Bundan tashqari, Dutch Greenhouse Delta, Export Partner hamda Oʻzbekistondagi Benelux Savdo Palatasi oʻrtasidagi kelishuv investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini kengaytirish va yangi bozorlarni oʻzlashtirish uchun samarali platforma yaratadi.

❗️ Umuman olganda, imzolangan hujjatlar paketi Oʻzbekiston va Niderlandiya oʻrtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, innovatsiyalar, taʼlim va savdo yoʻnalishlarida barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI