InnoWeek-2026 — “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”
Yangiliklar

InnoWeek-2026 — “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”

1 daqiqa oʻqish 113 marta koʻrilgan

Yaqin daqiqalarda InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligining rasmiy ochilsh marosimi bölib ötadi.

Haftalikda:
1. Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga 50 ta traktor bepul topşiriladi. InnoWeek–2026 doirasida Koreyada işlab çiqarilgan, siqilgan tabiiy gazda işlaydigan ekologik toza zamonaviy traktorlar taqdim etiladi.

2. Salkam 380 nafar hamyurtimiz taqdirlanadi. Haftalik doirasida olimlar, ixtiroçilar, tadqiqotçilar, startapçilar va innovatsion loyiha mualliflarining yutuqlari eʼtirof etiladi. Jumladan, 32 nafar hamyurtimizga “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni topşiriladi.

3. 30 ta davlatdan 200 nafar xorijiy mehmon iştirok etadi. Uç kun davomida 21 ta tadbir, jumladan, xalqaro va mahalliy forumlar, konferensiyalar, taqdimotlar va ilmiy muloqotlar ötkaziladi. Taşrif buyuruvçilar soni 15 ming nafardan oşişi kutilmoqda.

4. Körgazmada 750 ta innovatsion mahsulot namoyiş etiladi. 265 ta mahalliy va xorijiy iştirokçi öz işlanmalarini taqdim etadi. Körgazmada mahalliy ilmiy taşkilotlar, startaplar, spin-off kompaniyalar hamda xorijiy hamkorlarning zamonaviy texnologiyalari örin oladi.

5. Xalqaro biznes hamkorlik va yangi loyihalar uçun maydon yaratiladi. B2B uçraşuvlar orqali mahalliy korxonalar xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, qöşma loyihalarni muhokama qiliş va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş imkoniyatiga ega böladi.

Bizni kuzating

#InnoWeek_2026 #brifing

Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi