Bugun Germaniya Federativ Respublikasi Federal oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va hududiy oʻziga xoslik…
Yangiliklar

Bugun Germaniya Federativ Respublikasi Federal oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va hududiy oʻziga xoslik…

1 daqiqa oʻqish 188 marta koʻrilgan

⚡️Bugun Germaniya Federativ Respublikasi Federal oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va hududiy oʻziga xoslik vazirligi (BMLEH) parlament stats-kotibi, Bundestag aʼzosi Martina ENGLHARDT-KOPF boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent davlat universitetida ikki mamlakat agrar soha vakillari ishtirokida Agrobiznes forumi boʻlib oʻtdi.

🔴Forumda qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ilgʻor tajribalar va istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlariga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazildi.

➡️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Sh.M. Bobomurodov tomonidan «Iqlim oʻzgarishiga moslashuv, suv va tuproq resurslarini samarali boshqarish hamda raqamli dehqonchilik texnologiyalari» mavzusida taqdimot oʻtkazildi.

🔵Taqdimotda tuproq degradatsiyasi, shoʻrlanish, eroziya va iqlim oʻzgarishi muammolari, shuningdek, tuproq unumdorligini muhofaza qilish choralari yoritildi. Sugʻoriladigan yerlarning 47 foizi shoʻrlangan, 18 foizi eroziyaga uchragan, yaylovlarning 43 foizi degradatsiyaga uchragani qayd etildi.

🔵Shuningdek, 11 mingdan ortiq raqamli tuproq xaritasi, Qishloq xoʻjaligi geoportali va E-ijara platformasi orqali tuproq holatini monitoring qilish, yer resurslarini samarali boshqarish va ijara jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash imkoniyatlari kabi sohaga oid muhim masalalar yuzasidan fikr mulohazalarini bildirdi.

#AgrobiznesForum

Manba: Telegram kanali