⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori professor Shuhrat Bobomurodov raisligida ilmiy-tadqiqot faoliyati natijadorligini oshirish, xalqaro ilmiy bazalardagi (Scopus, Web of Science) nashrlar ulushini koʻpaytirish hamda olimlarning ilmiy koʻrsatkichlarini yuksaltirish masalalari chuqur muhokama qilindi.
🔴Yigʻilish davomida xodimlar bilan savol-javob va fikr almashinuvi oʻtkazilib, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tayyor ilmiy natijalarni xalqaro jurnallarda nashr etish, tadqiqot natijalarining xalqaro ilmiy maydondagi koʻrinishini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🟢Shuningdek, institut olimlarining xalqaro ilmiy bazalardagi profillari va ilmiy indekslari toʻliq hamda tizimli koʻrinmayotgani tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, ushbu muammoni tezkor bartaraf etish, ORCID, Scopus Author ID, Web of Science Researcher ID va boshqa ilmiy profillarni tartibga keltirish boʻyicha aniq choralar belgilab berildi.
➡️Yigʻilishda institutning «Tuproqshunoslik va agrokimyo» ilmiy jurnali saytini tashkil etish hamda unda ochiq maʼlumotlardan samarali va keng foydalanish masalalari ham tanqidiy ruhda koʻrib chiqildi.
📌Muhokama yakunida masʼul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berilib, ularning ijrosini tizimli monitoring qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali




