🗣Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tadqiqotchilar, siyosat ishlab chiquvchilar va amaliyotchi mutaxassislarni Yerlar degradatsiyasi neytralligi (LDN) boʻyicha koʻp tomonlama milliy simpozium uchun tezislar taqdim etishga taklif qiladi.
ℹ️Simpozium 2026-yil 3-dekabr kuni Toshkent shahrida FAO–GEFning «Oʻzbekistonning qurgʻoqchil ekotizimlarida oʻrmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish» loyihasi doirasida oʻtkaziladi. Tadbir yerlar degradatsiyasi va tuproq resurslarini barqaror boshqarish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun turli soha vakillarini bir maydonda birlashtiradi.
☘️ Bugungi kunda Oʻzbekistondagi 16,4 million gektar choʻl yaylovlarining 73 foizdan ortigʻi kuchli choʻllanishga uchragan, sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining 50 foizdan ortigʻida esa tuproqning kuchli zichlashuvi kuzatilmoqda.
🌱2026-yilgi Butunjahon tuproq kunining «Tuproq zichlashuviga qarshi kurashing, oziq-ovqat ishlab chiqarishni oshiring» global mavzusiga muvofiq, mexanik, biologik va ijtimoiy-iqtisodiy yechimlar orqali yer resurslarini barqaror boshqarish amaliyotlarini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanuvchilar va kichik dehqon xoʻjaliklarining iqlim oʻzgarishiga chidamliligini oshirishga qaratilgan innovatsion ilmiy ishlar qabul qilinadi.
🇺🇿Ushbu tashabbusning maqsadi Oʻzbekistonda agroekotizimlar barqarorligini taʼminlash uchun yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va yerlar degradatsiyasi neytralligi tamoyillarini siyosat hamda amaliyotga keng joriy etishning ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishdan iborat.
✍️Tanlovdan oʻtgan mualliflar simpoziumda oʻz ilmiy ishlarini taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Saralangan tezislar alohida toʻplam sifatida nashr etiladi, maqolalarning toʻliq matnlari esa simpozium materiallari toʻplamiga kiritiladi.
😩Muhim sanalar
➖ Tezislarni topshirishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-oktabr
➖ Saralash natijalari: 2026-yil 5-noyabrdan kechiktirmay
➖ Toʻliq maqolalarni topshirish muddati: 2026-yil 1-dekabr
📄 Tezislarni topshirish talablari:
Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tezislar qabul qilinadi:
➖LDN boʻyicha milliy monitoring tizimi va qarorlar qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi;
➖Tuproqni muhofaza qiluvchi va resurslarni tejovchi dehqonchilik — tuproq zichlashuvi muammosining barqaror yechimi;
➖Oʻzbekistonda tuproq resurslaridan barqaror foydalanish va ularni muhofaza qilishning institutsional asoslari: bugungi holat va istiqbollar;
➖Sogʻlom tuproqlarni taʼminlashda yosh fermerlarning oʻrni;
➖Oʻzbekistonda yerlar degradatsiyasining oldini olish va unga qarshi kurashish bilan bogʻliq boshqa mavzular.
🤩Tezislar oʻzbek, ingliz yoki rus tilida tayyorlanishi va 500 soʻzdan oshmasligi kerak. Belgilangan talablarga javob bermaydigan tezislar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmasligi mumkin.
📩 Tezislarni Nilufar Fayzimurodovaning nilufar.fayzimurodova@fao.org elektron pochta manziliga yuborish lozim.
➕Xat mavzusida: “Application for the LDN Symposium” deb koʻrsatilishi kerak.
Qoʻshimcha maʼlumot
✅Ishtirok etish istagida boʻlganlar savol va aniqlik kiritish boʻyicha murojaatlarini 2026-yil 10-oktabrga qadar nilufar.fayzimurodova@fao.org elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI