Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…
Yangiliklar

Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…

1 daqiqa oʻqish 258 marta koʻrilgan

⚡️Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🌟Yigʻilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

✅Yigʻilishda Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sugʻoriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining muhokamasiga bagʻishlandi.

📝Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🗣
Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

📌Muhokamalarda kengash aʼzolari tomonidan talabgor Quvondiq Gulimovga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga oʻtishi maʼqullandi.

#ILMIY_SEMINAR

Manba: Telegram kanali