#Xalqaro_hamkorlik
✅Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Rokosan» (Slovakiya) kompaniyasining aminokislotalarga asoslangan biologik faollashtirish texnologiyasini sinovdan oʻtkazish boʻyicha oʻzaro hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
✅Uchrashuv davomida institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov hamda Rokosan kompaniyasi rahbari Yaraslav Kosak degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, mineral oʻgʻitlar sarfini kamaytirish va organik mahsulot yetishtirishga qaratilgan innovatsion texnologiyani joriy etish masalalarini muhokama qildilar.
🤝Tomonlar, avvalo, degradatsiyaga uchragan hududlarni aniqlash va ushbu ROKOSAN texnologiyasini qoʻllagan holda sinovdan oʻtkazish uchun tadqiqot ishlarini dastlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilish boʻyicha kelishib oldilar.
➡️Shuningdek, sinov natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, mazkur texnologiyani boshqa hududlarda ham joriy etish rejalashtirildi.
Manba: Telegram kanali

