Instituti huzuridagi DSc 25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…
Yangiliklar

Instituti huzuridagi DSc 25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan…

1 daqiqa oʻqish 353 marta koʻrilgan

⚡️Instituti huzuridagi DSc 25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➡️Yigʻilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.

🟢Yigʻilishda Nurmetov Nurali Artiq oʻgʻlining “Sholi ekilgan tuproqlarda ogʻir metallarning harakatlanishi va oʻsimlikdagi akkumulyatsiyasi” mavzusidagi 06.01.04-“Agrokimyo” ixtisosligi qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishini muhokamasiga bagʻishlandi.

🟡Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

🟡Kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

📌Muhokamalarda kengash aʼzolari tomonidan talabgor Nurali Nurmetovga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga oʻtishi maʼqullandi.

✅Telegram: TATI Soil

#ILMIY_SEMINAR

Manba: Telegram kanali