📆1 oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida ustozlarga ehtirom va minnatdorlik tuygʻulariga boy tadbir boʻlib oʻtdi.
✨Tadbirda institut direktori, professor Sh. Bobomurodov yigʻilish ishtirokchilarini samimiy qutlab, ustozlik kasbining sharafi, ilm-fan taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasida ustozlarning beqiyos oʻrni haqida soʻz yuritdi.
🔵Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonov nomidan yoʻllangan faxriy yorliqlar ham egalariga yetkazildi. Faxriy yorliqlarda institutda koʻp yillar davomida samarali mehnat qilib, oʻzining boy ilmiy va hayotiy tajribasi bilan koʻplab shogirdlarni kamolga yetkazgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan ustozlarning mehnati eʼtirof etilgani taʼkidlandi.
🔵Faxriy yorliqlar tantanali tarzda oʻqib eshittirilib, munosib ustozlarga topshirildi. Ushbu samimiy eʼtirof tadbir ishtirokchilari tomonidan gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.
🔵Shundan soʻng koʻp yillik mehnat faoliyati davomida orttirgan boy tajribasi va hayotiy saboqlari bilan yosh avlodga oʻrnak boʻlib kelayotgan ustozlar soʻzga chiqib, oʻzlarining samimiy tilak va tabriklarini bildirdilar.
💥Tadbir davomida ustozlarga boʻlgan hurmat, minnatdorlik va samimiy ehtirom yana bir bor namoyon boʻldi. Zero, ustozning eng katta boyligi — uning shogirdlari, eng yuksak mukofoti esa ularning kamoli va yutuqlaridir.
Samimiy muloqotlar va koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtgan tadbir yakunida ishtirokchilar xotira uchun suratga tushdilar.
⚡️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Ularga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yana koʻplab shogirdlar kamolini koʻrish baxtini tilaydi.
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali








