#Ilm_fan_integratsiyasi
Kelajak — bilimli va tashabbuskor yoshlar qoʻlida!
🔴Soʻnggi yillarda ilm-fan integratsiyasiga boʻlgan eʼtibor ortib borayotgani natijasida, talabalarning kasbga boʻlgan ishtiyoqi ham sezilarli darajada oshmoqda.
✅Kuni kecha Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Astraxan davlat texnika universiteti Toshkent viloyati filiali 3-bosqich “Ekologiya va atrof-muhitdan foydalanish” taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun oʻqituvchi Muxidova Zulfiya Shabzalovna tomonidan institutda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
✅Institut xodimlari talabalarga tuproqni tahlil qilishda qoʻllaniladigan laboratoriya uskunalari bilan ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishtirdilar.
📝Nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar uygʻunligi esa ularni kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Ilm va amaliyot uygʻunligi — yuqori natijalar garovi!
Manba: Telegram kanali



