➡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
✅Tashrif davomida xodimlar yurtimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va islom sivilizatsiyasining ilmiy-maʼrifiy merosini oʻzida mujassam etgan noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ekspozitsiyalar orqali ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros haqida yanada kengroq tasavvurga ega boʻlishdi.
🔵Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar jamoada milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash hamda xodimlarning ishdan soʻng mazmunli dam olishini tashkil etishga xizmat qiladi.
Manba: Telegram kanali



