Milliy markaz tizimiga yana 5 ta ilmiy muassasa qoʻshildi
Yangiliklar

Milliy markaz tizimiga yana 5 ta ilmiy muassasa qoʻshildi

1 daqiqa oʻqish 185 marta koʻrilgan

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–40-son Farmoni ijrosi doirasida agrar ilm-fanni takomillashtirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
🔵Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan tegishli ishchi guruhlar va komissiyalar shakllantirildi. Ular tomonidan ilmiy tashkilotlarni belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
✅Natijada Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar, Chorvachilik va parrandachilik, Baliqchilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklari urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Milliy markaz tizimiga oʻtkazildi.
📈 Mazkur oʻzgarishlar agrar ilm-fan salohiyatini yanada mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish hamda sohada yagona ilmiy boshqaruv tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI