🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Qadring baland boʻlsin, ona tilim!» shiori ostida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
➡️Tadbirni institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Abdurahmonov Nodirjon Yulchiyevich kirish soʻzi bilan ochib berdi.
📌Tadbirning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili toʻgʻrisida»gi Qonuni qabul qilinganining 37 yilligi munosabati bilan davlat tilining nufuzini yuksaltirish, ona tilimizni asrab-avaylash va milliy qadriyatlarimizni targʻib etish masalalariga bagʻishlandi.
🔵Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Jabborov Rustamjon Madiyevich maʼruza qildi.
📌 Tadbirning ikkinchi qismi Prezident nutqida ilgari surilgan ikkinchi milliy dasturi — xalqimizning sogʻlom boʻlishi va uzoq umr koʻrishini taʼminlash mavzusiga bagʻishlandi.
🟠Unda sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlar, aholi salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va atrof-muhit omillarining inson salomatligiga taʼsiri masalalari yoritildi. Mazkur mavzu yuzasidan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Atrof muhit gigienasi kafedrasi dotsenti Abduqodirova Lola Qobulovna taqdimot qildi.
⚡️Maʼrifiy tadbir davomida ona tiliga hurmat, milliy maʼnaviyatni yuksaltirish va aholi salomatligini muhofaza qilishning ahamiyati taʼkidlandi.
❗️Ona tilimiz doimo ardoqda, qadri baland, yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘-salomat boʻlsin!
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali








