“Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi
Yangiliklar

“Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlari takomillashtiriladi

1 daqiqa oʻqish 116 marta koʻrilgan

🇺🇿“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–56-son, 07.04.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 “Mening bogʻim” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 “Mening bogʻim” loyihalari tanlovida gʻolib boʻlmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan gʻolib deb eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

🔹 “Mening bogʻim” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;

🔹 “Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻlar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va oʻsimliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.

💰 Farmonga koʻra, “Ochiq budjet” axborot portalidagi tanlovda gʻolib boʻlmagan kamida 1 ta “Mening bogʻim” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI