«MILLAT SHAVKATI» — MAʼRIFAT VA TAFAKKUR SARI
Yangiliklar

«MILLAT SHAVKATI» — MAʼRIFAT VA TAFAKKUR SARI

1 daqiqa oʻqish 369 marta koʻrilgan

⚡️Bugungi maʼrifat soati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Ishtirokchilar Vatanimiz ramziga yuksak hurmat bajo keltirdilar.

📚Shundan soʻng Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, jamoat arbobi, senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning «Millat shavkati» kitobi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir boshlandi.

🔵Tadbirda Oʻzbekiston agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari Husan Begmatov tomonidan kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan gʻoya va qarashlar haqida taqdimot oʻtkazildi.
Taqdimotda asarda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy oʻzlik, tarixiy xotira, maʼnaviy uygʻonish, jamiyat tafakkuridagi yangilanishlar hamda Vatan taraqqiyoti bilan bogʻliq muhim masalalar yoritilgani taʼkidlandi.

🔵Taqdimot davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Berilgan savollar yuzasidan institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor Nodirjon Abduraxmonov ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, kitobda ilgari surilgan gʻoyalarning bugungi kun uchun ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.

🔵Maʼrifat soati qizgʻin muloqot va fikr almashinuvi ruhida oʻtib, ishtirokchilarda kitobxonlik, milliy tafakkur va yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

📚Kitob — tafakkurni uygʻotadi, tafakkur esa taraqqiyotga yoʻl ochadi!

#MaʼrifatSoati #MillatShavkati #KasabaUyushmalari

Manba: Telegram kanali