Nomingizga kredit olishni cheklab qoʻying
Yangiliklar

Nomingizga kredit olishni cheklab qoʻying

1 daqiqa oʻqish 206 marta koʻrilgan

#DIQQAT #TARQATING

15 million kishining shaxsiy maʼlumotlari tarqab ketgani haqidagi bugungi xabarlar fonida sizga qattiq tavsiyam: nomingizga kredit olishni cheklab qoʻying. Buni nafaqat oʻzingiz uchun, balki ota-onangiz va yoshi kattaroq boshqa oila aʼzolaringiz uchun ham amalga oshiring.

❓Buning uchun nima qilish kerak?

my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qoʻyish yoki taqiqlashni olib tashlash” xizmati bor, oʻsha xizmatni faollashtiring.

❓ Bu nima degani?

Siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga taqiq qoʻyasiz. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro oʻziga kredit ajratilishiga taqiq qoʻyganmi-yoʻqmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi.

Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va juda oson.

ℹ️ Maʼlumot uchun:

✅ "Yoqilgan" statusi — kredit olishga taqiq oʻrnatilgan degani;
❌ "Oʻchirilgan" statusi — taqiq yoʻq degani.

Yaqinlarga yuborib qoʻyamiz.

✅ XOKIM BUVA - Podpisatsya.

Manba: Telegram kanali · ХОКИМ БУВА | Расмий канал