Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining Qashqadaryo mintaqaviy boʻlinmasining bir qator olim va mutaxassislari tomonidan Muborak tuman fermer xoʻjaliklari yer maydonlarida "Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish yoʻllari” mavzusida klasterlar va fermer xoʻjaliklarining tuproq tadqiqotlari natijalaridan foydalanish koʻnikmasini yaratish maqsadida oʻquv-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Oʻquv-amaliy seminarda mutaxassislar tomonidan agrokimyoviy kartogrammalar natijalaridan foydalanish usullari, shu jumladan ushbu agrokimyoviy kartogrammalar asosida oʻgʻitlash meʼyorlarini belgilash, tuproq klinikasi asosida agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy amaliy tavsiyalar berildi.
Manba: Telegram kanali

