👍 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi global oʻzgarishlar sharoitida yanada takomillashtirildi va Prezident Farmoni bilan 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangilangan tahriri tasdiqlandi.
⚡️ Asosiy maqsadlar:
✔️ real sharoitga mos, oʻlchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
✔️ oʻrta muddatli maqsadlarni yangi global chaqiriqlarga muvofiq yangilash;
✔️strategiya ijrosi monitoringini toʻliq raqamlashtirish;
✔️soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlarining “Oʻzbekiston – 2030” bilan uygʻunlashtirish.
❗️ Strategiya ijrosi barcha masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi.
🔍“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoring quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🟢Respublika komissiyasi muvofiqlashtiradi;
🟢Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarining oʻz vaqtida hamda sifatli ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
🟢Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati bilan birgalikda monitoring yuritadi;
🟢Vazirlar Mahkamasi har oy tanqidiy koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi;
🟢har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi;
🟢Hukumat har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.
➡️ Samaradorlik koʻrsatkichlari 3 toifada baholanib, monitoring jarayoni Strategik rejalashtirish va rivojlanishning Raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Hisob palatasi har yil yakuni bilan strategiya ijrosini auditdan oʻtkazadi hamda natijalari boʻyicha axborot va takliflar kiritib boradi.
✅ Mazkur Farmon “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi strategik boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Manba: Telegram kanali · Rasmiy axborot