Tuproqda gumus miqdorining kamayishi, quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga keltirishi mumkin
Yangiliklar

Tuproqda gumus miqdorining kamayishi, quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga keltirishi mumkin

1 daqiqa oʻqish 341 marta koʻrilgan

🔴 Hosildorlik pasayadi
🔺Gumus oʻsimliklar uchun asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. U kamaysa, azot, fosfor, kaliy kabi oziq moddalar miqdori qisqaradi va hosil kamayadi.

🔴Tuproq strukturasi yomonlashadi
🔺Gumus tuproq zarrachalarini biriktirib, uning donali (gʻovak) tuzilishini taʼminlaydi. Kamayganda tuproq zichlashadi, havo va suv oʻtishi qiyinlashadi.

🔴Nam saqlash qobiliyati pasayadi
🔺Gumus suvni ushlab turish xususiyatiga ega. U kam boʻlsa, tuproq tez quriydi va oʻsimliklar qurgʻoqchilikka chidamsiz boʻlib qoladi.

🔴 Eroziya xavfi ortadi
🔺Chirindi moddasi kam tuproq shamol va suv taʼsirida oson yuvilib ketadi.

🔴 Mikroorganizmlar faoliyati susayadi
🔺Gumus tuproqdagi foydali mikroorganizmlar uchun ozuqa manbai hisoblanadi. U kamaysa, biologik faollik ham pasayadi.

⚠️Tuproqda gumus kamayishi tuproq unumdorligini keskin tushiradi va qishloq xoʻjaligi mahsuldorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun tuproqni organik moddalar bilan boyitish, siderat ekinlar ekish hamda samarali toʻgʻri agrotexnika tadbirlaridan foydalanish juda muhim.

Manba: Telegram kanali