🇺🇳Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari 23–24-aprel kunlari Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa va Markaziy Osiyoda oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilish boʻyicha IV mintaqaviy yigʻilishda ishtirok etdi.
ℹ️Mazkur tadbir BMTning Oziq-ovqat tizimlarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda mamlakatlar oʻrtasida oziq-ovqat tizimlarini isloh qilish, milliy strategiyalarni amalga oshirish hamda investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
💬Yigʻilish doirasida davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar va xususiy sektor vakillari ishtirokida muloqot va tajriba almashuvlari oʻtkazilib, 2030-yilgacha barqaror oziq-ovqat tizimlarini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
🌱Ushbu tadbirda Qishloq xoʻjaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qoʻshnazarov “Oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishni strategik moliyalashtirish” mavzusidagi sessiyada maʼruza bilan ishtirok etdi.
🗣U oʻz chiqishida qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish samaradorligini oshirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirish hamda institutsional islohotlarni chuqurlashtirish masalalariga alohida toʻxtaldi.
Taʼkidlash lozim, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilib, subsidiyalarni ajratish va boshqarishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. Shuningdek, tizimni raqamlashtirish va natijadorlikka yoʻnaltirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
⭕️Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida yangi tashkil etilgan Agrar sohada toʻlovlar agentligi orqali davlat mablagʻlarining shaffofligi va maqsadli yoʻnaltirilishi kuchaytirilmoqda.
✅Yigʻilish davomida oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni kengaytirish, xususiy kapitalni jalb qilish, “blended finance” moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish hamda xalqaro moliya institutlaridan yangi resurslarni safarbar etish masalalari ham alohida koʻrib chiqildi.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI



