Oʻzbekiston ISO Food Security tashkiloti Ustaviga qoʻshildi
Yangiliklar

Oʻzbekiston ISO Food Security tashkiloti Ustaviga qoʻshildi

1 daqiqa oʻqish 172 marta koʻrilgan

✅ Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakili sifatida Islom oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (Islamic Organisation for Food Security) Ustaviga rasman imzo chekdi.

📰 Mazkur hujjat Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo davlatlar oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirish hamda qoʻshma hamkorlik platformasini shakllantirishni koʻzda tutadi.

📄 Tashkilot Nizomi dastlab 2013-yilda qabul qilingan boʻlib, u aʼzo davlatlarning mavjud resurslarini birlashtirish, ilgʻor tajriba va texnologiyalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish hamda sohaga investitsiyalar jalb qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

🟪 Aytish kerak, vazir Ibrohim Abdurahmonovning Oʻzbekiston nomidan ushbu muhim Nizomning imzolashi mamlakatning IHTga aʼzo davlatlar bilan koʻp tomonlama agrar hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

❕ Shuningdek, bu qadam Oʻzbekistonning global oziq-ovqat tanqisligi, iqlim oʻzgarishi oqibatlari, choʻllanish va yerlarning shoʻrlanishi kabi dolzarb muammolarga qarshi xalqaro saʼy-harakatlardagi ishtirokini yanada kengaytiradi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI