Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini…
Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini…

1 daqiqa oʻqish 156 marta koʻrilgan

🌱Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dunyoning oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshayotgan yetakchi olimlar, siyosatchilar va innovatorlarni birlashtirgan “2026-yilning eng ilgʻor agrosanoat pionerlari” (Top Agri-food Pioneers) xalqaro roʻyxatidan oʻrin oldi.

🗣Har uch yilda bir marta eʼlon qilinadigan ushbu nufuzli roʻyxatga bu yil Avstraliyadan Oʻzbekistongacha boʻlgan 30 davlat va olti qitʼadan 40 nafar yetakchi mutaxassis kiritildi. Ular qatoridan oʻrin olish mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yondashuvlarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganidan dalolat beradi.

📰Mazkur yuksak eʼtirof Ibrohim Abduraxmonovning qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ilm-fan va innovatsiyalarni ishlab chiqarish bilan uygʻunlashtirish borasidagi saʼy-harakatlarining xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanganini koʻrsatadi.

✅Batafsil oʻqish uchun quyidagi havolani bosing: https://www.worldfoodprize.org/index.cfm/87428/49483/40_food_security_trailblazers_recognized_by_world_food_prize_foundation_in_top_agrifood_pioneers_list

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI