⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-maʼrifat soati tashkil etildi.
🟣Tadbir davomida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Qishloq hayoti” gazetasining 2026-yil 4-iyundagi 23-sonida chop etilgan “Qishloq xoʻjaligidagi yangi davr xususida: Yaxshi urug‘ – aqlli kompyuter, yaʼni “hardware”, toʻgʻri agrotexnika esa uni ishlatadigan “software”” sarlavhali maqolasi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
🟣Muhokamalar davomida mamlakatimiz qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va innovatsiyalarning oʻrni, yuqori hosildor urugʻlik hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni uygʻun qoʻllashning ahamiyati atroflicha tahlil qilindi.
🟣Ishtirokchilar maqolada ilgari surilgan gʻoyalar bugungi kunda qishloq xoʻjaligi tarmogʻini yanada samarali rivojlantirish, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish va agrar sohada yuqori natijalarga erishishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilishini taʼkidladilar.
Manba: Telegram kanali






