🔴Xabaringiz bor, ayni kunlarda Moskva shahrida D.N. Pryanishnikov nomidagi Butunrossiya agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganining 95 yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya doirasida ilmiy hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.
🟢Tashrifning ikkinchi kunida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor Shuhrat Bobomurodov boshchiligidagi delegatsiya D.N. Pryanishnikov institutida tashkil etilgan Tuproq muzeyi hamda Markaziy analitik laboratoriya faoliyati bilan tanishdi.
✅Zamonaviy tuproq tahlili uslubiyotlarini oʻzaro almashish, xodimlar malakasini oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilinib, bu yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
🔵Kunning ikkinchi yarmida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Tuproqshunoslik fakultetiga tashrif buyurildi. Dastlab Rossiya FA akademigi, taniqli tuproqshunos olim V.G. Mineevning 95 yillik yubileyiga bagʻishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etildi.
🤝Shundan soʻng MDU Tuproqshunoslik fakulteti prezidenti, Rossiya FA korrespondent aʼzosi S.A. Shoba bilan uchrashuv oʻtkazilib, oʻzaro tajriba almashish, xodimlar malakasini oshirish va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuhrat Bobomurodov va S.A. Shoba tomonidan hamkorlik memorandumini imzolash hamda shu asosda oʻzaro aloqalarni kengaytirishga kelishildi.
📌Rossiya ilmiy tashkilotlari faoliyati bilan tanishish davom etmoqda. Navbatda K.A. Timiryazev nomidagi Qishloq xoʻjaligi akademiyasi va V.V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik instituti faoliyatini oʻrganish rejalashtirilgan.
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali




