Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli…
Yangiliklar

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli…

1 daqiqa oʻqish 294 marta koʻrilgan

☄️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➡️Yigʻilishni qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantayev olib bordi.

🟠Mazkur yigʻilishda Qalandarov Nazimxon Nazirovichning «OROL DENGIZI QURIGAN TUBI TUPROQ, TUPROQ-GRUNTLARINING GENEZISI, MORFOLOGIYASI, XOSSA-XUSUSIYATLARI VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI» mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bagʻishlandi.

🟠Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.

🟠Shundan soʻng kengash aʼzolari va yigʻilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

✅Muhokamalarda kengash aʼzolari tomonidan talabgor Nazimxon Qalandarovga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga oʻtishi maʼqullandi.

✅Telegram: TATI Soil

#ILMIY_SEMINAR

Manba: Telegram kanali