Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovi gʻolibi boʻlgan bir guruh tadqiqotchilar Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universitetiga yetib borishdi. Mazkur dastur yashil iqtisodiyot, turizm, aqlli shahar va zamonaviy tadqiqotchilik kabi dolzarb yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Ushbu amaliy tashrif 2025-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan. Stajirovka davomida yosh olimlar xalqaro ilmiy muhitda zamonaviy metodologiyalarni oʻzlashtirish va xorijiy tajribani mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etish imkoniga ega boʻladilar.
Bizni kuzating
Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi