Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
♻️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olimlari tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan ALM-9124093792 "SUGʻORISH EROZIYASI JARAYONIDA TUPROQDAGI ORGANIK MODDALARNI YUVILISHINI OLDINI OLISHGA QARATILGAN AGROTEXNOLOGIYA ISHLAB CHIQISH" nomli amaliy loyiha doirasida Namangan viloyati Pop tumani “Ibroxim ota” fermer xoʻjaligida dala ishlari olib borilmoqda.
📌 Pop tumani hududidagi Xudayberganov nomli massivning “Ibroxim ota” fermer xoʻjaligida tarqalgan sugʻorish eroziyasiga moyil boʻlgan sugʻoriladigan sur tusli qoʻngʻir tuproqlardan iborat.
✍️Loyiha rahbari Nazimxon Qalandarovga koʻra, - tuproq yuzasini doimiy ekin bilan qoplab turish orqali organik moddalarni yuvilishini oldini olish maqsadida kuzda sederat ekinlari ekish yuqori samara beradi...
Manba: Telegram kanali
