“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok eting!
Tanlov xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishni maqsad qilgan.
Saralash natijasida 18 ta fan yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan loyihalar moliyalashtiriladi.
Taqdim etiladigan loyihalarning ijro muddati 1 yilgacha, umumiy qiymati esa 2000 BHMdan oshmasligi lozim.
Shuningdek, ilmiy jamoaning oʻrtacha yoshi, qoida tariqasida, 45 yoshdan oshmasligi lozim.
Loyiha talabnomalari 2026-yil 17-aprel soat 23:55 ga qadar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi — loyiha.ilmiy.uz orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Arizalar ScienceID identifikatsiyasiga ega loyiha rahbarlari tomonidan yuborilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun +99871 203-32-23 (ichki: 211, 219, 413, 425, 246) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Manba: Telegram kanali · Innovatsion rivojlanish agentligi