Onlayn roʻyxatdan oʻtish bosqichi boshlandi
Yangiliklar

Onlayn roʻyxatdan oʻtish bosqichi boshlandi

1 daqiqa oʻqish 120 marta koʻrilgan

🇺🇿 2026 yil 15 yanvar kuni soat 00:00 dan Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud boʻlib, ular istalgan joyda yagona identifikasiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.

📹 Onlayn roʻyxatdan oʻtish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma quyidagi havola orqali taqdim etilgan: https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s

🎁 Shuningdek, onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar orasida tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar oʻynab beriladi.

🔺 Barcha fuqarolarni aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Birga roʻyxatdan oʻtamiz — birga kelajakni quramiz!

Manba: Telegram kanali · Рўйхатга олиш – 2026