Eng koʻp kitob oʻqigan xodimga pul mukofoti beriladi
Yangiliklar

Eng koʻp kitob oʻqigan xodimga pul mukofoti beriladi

1 daqiqa oʻqish 138 marta koʻrilgan

🏛 Farmonga koʻra, barcha vazirlik va idoralarda:

🔹 2026 yil 1 martga qadar tegishli soha boʻyicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar roʻyxati shakllantiriladi;

🔹 har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali oʻzbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lugʻat
va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;

🔹 2026 yil 1 aprelga qadar oʻzida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob oʻqish soati” yoʻlga qoʻyiladi;

🔹 kitobxonlik boʻyicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;

🔹 tanlov asosida eng koʻp kitob oʻqigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

💸 Shuningdek, eng koʻp kitob oʻqigan top-100 talikka kiradigan oʻquvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Manba: Telegram kanali · Huquqiy axborot