👍👌😊
🌨Qishki mavsumda paxtachilik sohasida agromeliorativ ishlar muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlar tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun amalga oshiriladi.
💧Quduqlar bilan bogʻliq tadbirlar:
– Quduq atrofining oʻpirilib ketishini oldini olish uchun oʻz vaqtida taʼmirlash ishlarini olib boring.
– Quduq loyqa bilan toʻlib qolgan boʻlsa, uni tezda tozalash zarur.
Yotiq va tik drenajdan foydalanish:
✅Yotiq drenaj:
– Yer osti suvlari bosimini pasaytirishda va tuproqning yuqori qatlamlaridan shoʻrni yuvishda yordam beradi.
– Yopiq drenaj tizimi suv oqimini boshqarish va tuproq strukturasini saqlashda samarali hisoblanadi.
✔️Tik drenaj:
– Yer osti suvlarini chiqarib olish ularning pyezometrik bosimini kamaytiradi.
– Suvlarni pastga qarab siljishini taʼminlab, tuproq shoʻrini yuvishga yordam beradi.
✅Tavsiyalar:
– Tik drenajda chiqarib olinadigan suvlardan foydalanishda sarflashni aniq rejalashtirish;
– Har bir tadbirni oʻz vaqtida va meʼyorlarga amal qilgan holda bajarish tavsiya etiladi.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI