🌲Siz oʻsimlikni notoʻgʻri sugʻorish, uning nobud boʻlishiga olib kelishi mumkinligini bilarmidingiz?
✈️Ha, bu haqiqat. Unga koʻp suv bersangiz, uni boʻgʻib qoʻyishingiz mumkin. Oʻsimlik ildizi ham kislorodga muhtoj. Tuproq suv bilan toʻlib qolsa — havo yoʻqoladi, ildiz nafas ololmaydi. Natijada, ildiz chiriydi, oʻsimlik stressga tushadi, hosil esa keskin kamayadi.
ℹTuproqning namligi va sugʻorish meʼyori oʻsimlikning sogʻlom oʻsishida muhim rol oʻynaydi. Masalan, pomidor yoki limon daraxtlariga koʻp suv berilsa, ildizi chiriydi, kam suv berilsa, oʻsish sekinlashadi. Shuning uchun ham meʼyor boʻlishi zarur.
💧Oʻsimliklar hatto stressli sharoitlarda ham oʻzini himoya qilish uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi. Baʼzi oʻsimliklar esa “nafas olish tizimini” optimallashtirish uchun ildizlarini havoga koʻtaradi. Buning uchun ularga suv kerak. Faqat ortiqcha emas.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI