POLIETILEN PLYONKA QOLDIQLARI — EʼTIBOR VA MASʼULIYAT TALAB ETADI!
Yangiliklar

POLIETILEN PLYONKA QOLDIQLARI — EʼTIBOR VA MASʼULIYAT TALAB ETADI!

1 daqiqa oʻqish 221 marta koʻrilgan

🔴Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini asrash hamda polietilen plyonka qoldiqlarining salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan oʻquv-amaliy tadbirlar davom etmoqda.

➡️Tadbirlar doirasida mutaxassislar dala maydonlarining holatini oʻrganib, fermer xoʻjaliklari vakillariga polietilen plyonka qoldiqlarini oʻz vaqtida yigʻib olish va ularni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar bermoqda.

🟡 Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21,4 ming gektar gʻoʻza maydonida «Shinjon» usuli, yaʼni plyonka ostiga ekish texnologiyasi qoʻllanilgan.

❗️Toza dala — sogʻlom tuproq, barqaror hosildorlik garovi!

#EkologikMadaniyat #TozaDala #Qoraqalpogiston

Manba: Telegram kanali