POLIETILEN PLYONKA QOLDIQLARI — TUPROQ UNUMDORLIGIGA TAHDID!
Yangiliklar

POLIETILEN PLYONKA QOLDIQLARI — TUPROQ UNUMDORLIGIGA TAHDID!

1 daqiqa oʻqish 235 marta koʻrilgan

☄️Shu kunlarda mamlakatimiz boʻylab qishloq xoʻjaligi yerlarini polietilen plyonka qoldiqlaridan tozalash va ularning tuproq unumdorligiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida oʻquv-amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

➡️Ayni kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda uning Andijon mintaqaviy boʻlinmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari Andijon viloyati boʻyicha hududlarda massivma-massiv yurib, dala maydonlarining holatini oʻrganmoqda va yer egalariga amaliy tavsiyalar bermoqda.

🟢Andijon viloyatida joriy yilda 21,3 ming gektar gʻoʻza maydoni «Shinjon» usulida, plyonka ostiga ekilgan.

❗️Polietilen qoldiqlari tuproqda yuz yildan ortiq vaqt saqlanib qolishi, quyosh nuri va mexanik taʼsir natijasida mikroplastiklarga parchalanib, tuproqni ifloslantirishi mumkin. Bu esa tuproqning fizik xususiyatlari, suv-havo almashinuvi va foydali mikroorganizmlar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, gumus hosil boʻlishi hamda tuproq unumdorligiga xavf tugʻdiradi.

🔵Shu bois mutaxassislar hosil yigʻib olingach, polietilen plyonka va tomchilatib sugʻorish shlanglarini daladan toʻliq yigʻib olish, ularni belgilangan tartibda qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish zarurligini taʼkidlamoqda.

Toza dala — sogʻlom tuproq, sogʻlom tuproq — barqaror hosildorlik garovi!

#EkologikMadaniyat #TozaDala #Andijon

Manba: Telegram kanali