Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari endi elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi
Yangiliklar

Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari endi elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi

1 daqiqa oʻqish 140 marta koʻrilgan

📌 Joriy yil 3-fevral kuni qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni asosida yer maydonlarini ijaraga berishning yangi tizimi joriy etilmoqda.

🌱Mazkur tizimda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hududiy boʻlinmalari yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash boʻyicha masʼul ijrochi sifatida belgilangan.

🚜 Elektron auksion gʻolibi boʻlgan ijarachi Yer kodeksida belgilangan huquq va majburiyatlar asosida yer tuzish loyihasiga muvofiq, dala chetlarida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni joylashtirish huquqiga ega boʻladi.

🏗 Jumladan, maydoni 20 sotixdan oshmagan hamda ijaraga olingan kontur maydonining 1 foizidan koʻp boʻlmagan hududda yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suv tejovchi texnologiyalar, dala shiyponlari hamda texnika parklarini tashkil etish mumkin.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI