Pop tumanida dala seminari oʻtkazildi
Yangiliklar

Pop tumanida dala seminari oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 360 marta koʻrilgan

💜💜💜💚💚💚

🟢Pop tumanida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti mutaxassislari, tuman hokimi oʻrinbosari, massivlar raislari hamda fermerlar ishtirokida gʻoʻza parvarishida kechiktirib boʻlmaydigan agrotexnik chora-tadbirlarga bagʻishlangan dala seminari tashkil etildi.

➡️Seminar davomida yer egalariga mavsumning muhim agrotexnik ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish, gʻoʻza hosildorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

⚡️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimi Nazimxon Qalandarov iqlim va tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda mineral hamda organik oʻgʻitlardan samarali, meʼyoriy va oqilona foydalanish yuzasidan oʻz tavsiyalarini bayon qildi. Shuningdek, oʻgʻitlash tizimini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish yuqori hosil va tuproq unumdorligini saqlashning muhim omili ekanini taʼkidladi.

📌Bunday amaliy seminarlar fermerlarning bilim va tajribasini boyitish, sohada ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish hamda gʻoʻza parvarishida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali