Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🌱 Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Baliqchi tumani, Mirzo Ulugʻbek massividagi “Madad” fermer xoʻjaligi gʻoʻza maydonlarida agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda ekinlarning rivojlanish holati koʻzdan kechirildi.
🎤 Tashrif davomida vazir soha mutaxassislari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari va dehqonlar bilan ochiq muloqot oʻtkazib, gʻoʻza parvarishida oʻgʻitlarni uygʻun va ilmiy asosda qoʻllashning afzalliklari, ularning hosildorlik va mahsulot sifatini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, vazir gʻoʻza maydonlarida oʻsishni meʼyorida boshqarish maqsadida vegetatsiya davrida dala holatidan kelib chiqib, Sejean preparatini 100–300 gramm meʼyorida 8–10 martagacha qoʻllash, gʻoʻzaning boʻyini 90 sm atrofida ushlab turish boʻyicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, berilgan makrooʻgʻitlarning oʻzlashtirilishini yaxshilash va koʻsaklarning toʻliq rivojlanishini taʼminlash maqsadida bor, temir va kalsiy kabi mikroelementlarni qoʻllash zarurligini taʼkidladi.
🎬 Tashrif tafsilotlari bilan yuqoridagi video orqali tanishishingiz mumkin.
Respublika agroxizmatlari markazining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🌐WEB |📱Telegram📱 Instagram
📱Facebook |📱 Youtube
Manba: Telegram kanali · AKIS - Respublika agroxizmatlar markazi