Xitoyning Urumchi shahrida 1-xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi!
Yangiliklar

Xitoyning Urumchi shahrida 1-xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi!

2 daqiqa oʻqish 367 marta koʻrilgan

🔵Xitoyning Urumchi shahrida 1-xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi!

🔵Oʻtgan haftaning oxirgi uch kunida Xitoyning Urumchi shahrida ilk bor tashkil etilgan 1-xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari uchrashuvi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
🔵Ushbu nufuzli anjuman xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilm-fan sohasida yangi bosqichga oʻtishni maqsad qilgan muhim platforma sifatida eʼtirof etildi.

➡️Tadbirning asosiy yoʻnalishlari qatoriga turli mamlakatlar ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qoʻshma ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish hamda tajriba almashuvini kengaytirish kiritildi. Shuningdek, sunʼiy intellekt, ekologiya, energetika va qishloq xoʻjaligi kabi strategik yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

❗️Uchrashuv davomida yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy infratuzilmadan birgalikda foydalanish hamda ilm-fan orqali global va mintaqaviy barqaror rivojlanishga hissa qoʻshish boʻyicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

✅Tadbirda Oʻzbekiston tuproqshunos olimlarining ishtiroki alohida eʼtiborga sazovor boʻlib, bu kelgusida yangi xalqaro ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda joriy etishda muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.

🔵Shuningdek, Xitoy qishloq xoʻjaligi universitetlari vakillari bilan samimiy muzokaralar oʻtkazilib, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid kelishuvlarga erishildi.

✅Mazkur uchrashuv kelgusida xalqaro ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirish, innovatsion gʻoyalarni birgalikda rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni samarali uygʻunlashtirish yoʻlida muhim muloqot maydoni boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

#Ilm_fan_orqali_global_hamkorlik

Manba: Telegram kanali