Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi
Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 428 marta koʻrilgan

⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi aʼzolari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🟢Uchrashuvda Saratov viloyati qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Natalya Marievskaya, FGBOU VO «Vavilov universiteti» rektori, texnika fanlari doktori Dmitriy Solovev, Xalqaro aloqalar instituti direktori Anna Shadrina, shuningdek, ANO VO «Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar akademiyasi» ilmiy-uslubiy ishlar boʻyicha prorektori Filipp Selivanov ishtirok etdilar.

🟢Institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov ishtirokida oʻtkazilgan muloqot davomida mehmonlarga mamlakatimizda tuproqshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda institutning ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyati haqida maʼlumot berildi.

🔵Uchrashuvda bugungi kunda tuproq degradatsiyasi, unumdorlikning pasayishi, shoʻrlanish, eroziya, iqlim oʻzgarishi va tuproq resurslaridan oqilona foydalanish kabi dolzarb va global muammolarni hal etishda xalqaro ilmiy hamkorlikning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

🔵Shuningdek, tomonlar ilmiy gʻoya va tajriba almashish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, qoʻshma ilmiy-tadqiqotlar va amaliy ishlanmalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda FGBOU VO «Vavilov universiteti» oʻrtasida ilmiy-tadqiqot hamkorligi toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

🤝Mazkur kelishuv ikki tomonlama ilmiy aloqalarni mustahkamlash va tuproqshunoslik sohasida qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyishda muhim qadam boʻldi.

✅Telegram: TATI Soil

#Tuproqshunoslik #Agrokimyo #XalqaroHamkorlik

Manba: Telegram kanali