Samarkandda Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda
Yangiliklar

Samarkandda Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda

2 daqiqa oʻqish 292 marta koʻrilgan

📍Kuni kecha Silk Road Samarkand majmuasida Eco Expo Central Asia 2026 xalqaro ekologik koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi. Tadbir Eighth Global Environment Facility Assembly doirasida tashkil etilgan boʻlib, unda asosiy yoʻnalishlaridan biri ekologik startaplar va “yashil” texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ana shu maqsadda Oʻzbekiston hamda Markaziy Osiyo davlatlari ekoinnovatorlari uchun qoʻshimcha 20 ta maxsus pavilyon ajratilgan.

🔊Ishtirokchilar oʻzlarining innovatsion ishlanmalari, ekologik mahsulotlari va barqaror rivojlanish sohasidagi yechimlarini xalqaro investorlar, donor tashkilotlar hamda yirik kompaniyalarga taqdim etish imkoniyatiga ega boʻladilar.

📝Koʻrgazma dasturidan 68 dan ortiq mavzuli pavilyon, 50 dan ziyod panel muhokamalari, forumlar va biznes uchrashuvlari oʻrin olgan.
Tadbirning asosiy mavzulari
“yashil” energetika, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish hamda iqlim oʻzgarishiga moslashish masalalarini qamrab olingan.

🔊Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, koʻrgazmada 100 dan ortiq mamlakat vakillari, mahalliy va xalqaro tashkilotlar, investorlar, ekologik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va soha mutaxassislari shu jumladan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

✅Ushbu xalqaro tadbirda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti xodimlarining ishtiroki alohida ahamiyatga ega. Chunki koʻrgazma va forum doirasida muhokama qilinayotgan asosiy yoʻnalishlar — iqlim oʻzgarishiga moslashish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalar va ekologik barqarorlik masalalari bevosita tuproqshunoslik sohasi bilan uzviy bogʻliq.

✅Tadbir institut mutaxassislari uchun tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerlarning degradatsiyasi va shoʻrlanishiga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish kabi dolzarb yoʻnalishlarda xalqaro tajriba bilan tanishish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, zamonaviy agroekologik yechimlar, “yashil” texnologiyalar va innovatsion loyihalarni oʻrganish hamda ularni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish uchun muhim maydon vazifasini oʻtaydi.
🔴Bundan tashqari, mazkur koʻrgazma xalqaro tashkilotlar, ilmiy markazlar va investorlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qoʻshma ilmiy loyihalarni yoʻlga qoʻyish hamda tuproq resurslarini muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
🔴
Shu jihatdan, Eco Expo Central Asia 2026 nafaqat ekologik muammolar muhokamasi maydoni, balki tuproqshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va barqaror qishloq xoʻjaligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim xalqaro platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.

#Xalqaro_ekologik_koʻrgazma

Manba: Telegram kanali