📍Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
🌟Yigʻilishni institut uslubiy kengash raisi, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor Ruzmetov Maksud Ismoilovich olib bordi.
✅Yigʻilishda institutning uslubiy kengash aʼzolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
❗️Mazkur yigʻilish kun tartibiga koʻra:
Qilichova Nazokat Axmedovnaning "Konimex tabiiy geografik rayoni tuproqlarining ekologik-meliorativ holati va geokimyoviy xususiyatlari" mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha biologiya fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishini muhokamasiga bagʻishlandi.
📝Yigʻilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirdi.
🔴Shundan soʻng uslubiy kengash aʼzolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi. Muhokamalarda talabgorning keyingi bosqichga oʻtishi uchun Uslubiy kengash aʼzolari tomonidan taklif, tavsiyalar berildi.
Manba: Telegram kanali





