🇺🇿🇯🇵 Bugun Qishloq xoʻjaligi vazirligi masʼullari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari bilan uchrashdi. Unda BLUE PROJECT loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining shoʻrlangan yerlarida tuproq unumdorligini tiklash va qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🌱Uchrashuvda taʼkidlanganidek, loyiha doirasida «Bio-shoʻrlangan qishloq xoʻjaligi» (Bio-Saline Agriculture) texnologiyalari ishlab chiqilib, yangi ekin navlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va amarant (Amaranthus) oʻsimligini yetishtirish istiqbollarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi.
📊 Tomonlar endi amarant va boshqa istiqbolli ekinlarni yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini baholashni rejalashtirmoqda. Bunda ularni yetishtirish xarajatlari, kutilayotgan daromad va fermer xoʻjaliklari hamda mahalliy aholi uchun iqtisodiy manfaatdorlik darajasini oʻrganishga kelishib olindi.
🚜 Tadqiqotlar natijasida ushbu ekinlarni yetishtirish iqtisodiy jihatdan maqbul ekani tasdiqlansa, loyiha jamoasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy tizimi (AKIS) bilan hamkorlikda texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va keng tarqatishni koʻzda tutgan.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI


