Simpozium doirasida B2B uchrashuvlari oʻtkazildi
Yangiliklar

Simpozium doirasida B2B uchrashuvlari oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 227 marta koʻrilgan

📌Toshkentda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston–Niderlandiya qishloq xoʻjaligi hamkorligiga bagʻishlangan simpozium doirasida qator B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

🤝 Unda Niderlandiyadan tashrif buyurgan 20 dan ortiq yetakchi kompaniya vakillari ishtirok etib, mahalliy biznes subyektlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib bordi.

🟧 Uchrashuvlarda issiqxonachilik va urugʻchilik yoʻnalishlari asosiy mavzu boʻldi. Tomonlar energiya tejamkor issiqxonalar, sifatli urugʻlik materiallari, seleksiya hamda sertifikatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirdi.

📦 Shuningdek, mahsulotni yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarish zanjirini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🚀 Muloqotlar davomida tajriba almashish, innovatsion yechimlar, qoʻshma loyihalar hamda investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

🔬 Mutaxassislar ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va samaradorlikni oshirish muhimligini taʼkidladi.

🌍 Qayd etilishicha, B2B uchrashuvlari mahalliy tadbirkorlar uchun xalqaro hamkorlar bilan bevosita aloqalar, yangi bozorlar va innovatsiyalar bilan tanishish imkonini yaratdi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI