#Qonunchilikda_yangilik
“Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–394-son, 30.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
▫️maqsadli koʻrsatkichlarga masʼul boʻlgan davlat organlari
va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik koʻrsatkichiga erishish boʻyicha haqiqiy maʼlumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;
▫️milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
▫️Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablag‘ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hududlarni rivojlantirish boʻyicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
Manba: Telegram kanali · Boshqaruv samaradorligi agentligi