Tanlab olingan pilot maydonlarda tuproq holati chuqur oʻrganilmoqda
Yangiliklar

Tanlab olingan pilot maydonlarda tuproq holati chuqur oʻrganilmoqda

1 daqiqa oʻqish 576 marta koʻrilgan

➡️Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti va uning mintaqaviy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan PF-68-son Farmon ijrosi doirasida Fargʻona va Bulungʻur tumanlaridagi tanlab olingan pilot maydonlarda sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining holati chuqur tahlil qilinmoqda.

➡️Tadqiqotlar natijasida har bir yer konturi boʻyicha «Tuproq maʼlumotlari bazasi» shakllantirilib, fermer va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga yer resurslaridan samarali va mustaqil foydalanish uchun zarur maʼlumotlar taqdim etiladi.

❗️Yangi tizim pilot hududlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgach, respublikamizning barcha hududlarida joriy etilishi koʻzda tutilgan.

Manba: Telegram kanali