YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YAGONA EZGU MAQSAD
Yangiliklar

YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YAGONA EZGU MAQSAD

1 daqiqa oʻqish 411 marta koʻrilgan

🟢Yurtimizda «Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi» doirasida amalga oshirilayotgan har bir xayrli ish zamirida yuksak maqsad — Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajakni birgalikda barpo etish gʻoyasi mujassam.

➡️Ana shu ezgu gʻoya ruhida bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti jamoasi tomonidan institutning ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔵Hududlar tozalanib, tartibga keltirildi. Mevali va manzarali daraxtlar sugʻorilib, yashil makon yanada obodonlashtirildi. Toʻplangan chiqindilar belgilangan joyga olib chiqib ketish uchun tartibli ravishda jamlandi.

🔵Zero, obodlik — faqat hududni tozalash emas. Obodlik — inson qalbidagi Vatanga muhabbat, mehnatga masʼuliyat va ezgulikka daxldorlikning amaliy ifodasidir.

➡️Bugun biz birgalikda tozalagan va obod qilgan har bir goʻsha — ertangi avlod uchun qoldirilayotgan ezgu merosdir. Parvarish qilingan har bir daraxt — kelajakka qilingan yaxshilik, birgalikdagi har bir mehnat esa hamjihatlik va birdamligimizning yorqin namunasidir.
🔴
Ayniqsa, ushbu xayrli tashabbusning Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgani uning ahamiyatini yanada oshiradi.

Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz obod, xalqimiz birdam va hayotimiz farovon boʻlsin!

Manba: Telegram kanali