Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
🇺🇿Joriy yilning 7–8-oktabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda “Dengizga chiqish imkoniyati boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bagʻishlangan xalqaro forum” hamda "Butunjahon paxta kuni"ga doir yirik konferensiya boʻlib oʻtadi.
🗣Ushbu tadbirlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqlim oʻzgarishi sharoitida qishloq xoʻjaligining barqarorligini oshirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, yangi bozorlarga chiqish hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
👥 Xalqaro ekspertlar, xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
⬇️⬇️⬇️
✅ Roʻyxatdan oʻtish uchun havola
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI